Jamoat fondi sifatli ta’limni ta’minlashda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirgan NNTlarga 50 million so‘mgacha grant mablag‘i ajratadi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» Davlat dasturi ijrosini taminlashda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish” mavzusida davlat grantlarini ajratish uchun 1-tanlovni E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

- «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» Davlat dasturini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratining samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda ommalashtirish;

- Inson kapitalini rivojlantirish, sifatli ta’limni ta’minlashda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

- Aql, ilm-fan, intellektual salohiyat, bilim va tajribani mahallalarning iqtisodiy rivojlantirish nuqtasi va resurs manbasiga aylantirish;

- O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, o‘qituvchi siymosida zamon qahramoni obrazini yaratishda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish;

- Aholini kitobxonlikga qiziqtirish. Yoshlar va aholining keng qatlamini axborot kutubxona markazlariga jalb qilish orqali kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

- Iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining daromadlarini oshirish, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan ishchi kuchi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish;

- Qishloq tumanlarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda, ijtimoiy va maishiy infratuzilmani yaratishda, aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirishda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish;

– Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash, insonning qadr-qimmati va sha’nini ta’minlashda samarali ijtimoiy sheriklik munosabatlarini ta’minlash.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 mln. so‘mgacha.

Hujjatlar 2023 yil 10 martdan 10 aprelgacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): 140107, Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasi, 159-«A» uy manziliga «Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi» binosi (110-xona), «Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga» deb ko‘rsatilgan tartibda yuborilishi shart.

Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 353-18-00