Grenlandiya: Yer larzaga kelgan kun

Rivoyatlarda qiyomat qoyimda yer larzaga kelib, vayron bo‘lishi haqida eslatiladi. Aftidan bu behuda emasga o‘xshaydi. Fan-texnika taraqqiyotga erishayotganiga qaramay, hali inson aqliga sig‘maydigan kutilmagan tabiat hodisalari dunyoni xavotirga solyapti.

…2023 yil 16 sentyabr kuni seysmologlarning diqqat-e’tibori monitoringga qadaldi. Yer qa’rida qandaydir aqlbovar qilmaydigan daxshatli kuch junbushga kelib, xavotir signali tarqalayotgan edi. Bu nima bo‘lishi mumkin?

Aniqlanishicha, Grenlandiyaning sharqiy qirg‘oqlari qa’rida ulkan siljish ro‘y bergandi - 25 million kubometr muz va qoya jinslar o‘rnidan qo‘zg‘algandi. Odatda bunday daxshatli falokatni qudratli va hatarli to‘lqin hosil qiladi. Bu safar xatarli o‘lim devorini xosil qilgan ham xuddi shunday dovul edi, suv devori balandligi 200 metrga yetgandi. Bu 1980 yildan keyin Yerda sodir bo‘lgan eng baland dovul edi.

Yer qa’rida sezilar-sezilmas bunday siljishlar Alyaska, Kanada, G‘arbiy Grenlandiyada va jahonning boshqa burchaklarida tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Mana endi global isish Sharqiy Grenlandiyagacha yetib keldi. Dengizdan qudratli tosh va muzni otilib chiqishini Yer sharining shu nuqtasida aynan dahshatli dovul - sunami paydo qildi. Bu esa bunday falokatga tayyor emas - G‘arbiy Yevropa qirg‘oq davlatlariga xavf tug‘diradi.

Aytganday, bungacha eng dahshatli yagona dovul - sunami Yevropa qirg‘oqlarida 1755 yilda Lissabonda qayd etilgan edi. Avvalo, shahar kuchli silkindi - bu qisqa dengiz zilzilasi oqibatida (Rixter shkalasidagi 8,5 dan 9,5 ballgacha zilziladan so‘ng) paydo bo‘ldi. Keyin qirg‘oq bo‘ylab birin-ketin balandligi 20 metrli uch to‘lqin yopirildi. 90 ming kishi halok bo‘ldi, portdagi kemalar suv qa’riga g‘arq bo‘ldi, shaharda barcha imoratlar vayronaga aylandi.

Insoniyat qanchalik tabiat ustidan hukmron sanalmasin, ilm-fan yuksak darajada rivojlanmasin, tabiat hodisalarining oldini olishga, oldindan uni aniqlashga qodir emas. Grenlandiya muz qalqoni uning 80 foiz hududini egallab, orolning o‘rtacha bir yarim kilometr qalinlikda qoplagan. Agar issiqlik ta’sirida muz mabodo erishda davom etsa, dunyo okeani sathi yetti metrga ko‘tariladi, keng miqyosda dengiz qirg‘oqlarini o‘z komiga tortadi. Dengizga chiquvchi barcha mamlakat katta muammoga duch keladi. Yomoni, megapolistlar, tarixiy va madaniy markazlar, hosildor yerlar suv ostida qolishi aniq.

“Niderlandiyaga o‘xshagan mamlakat yangi Atlantidaga aylanib, suv ostida qoladi. Afsuski, bu taxmin emas, aniq va uncha uzoq bo‘lmagan kelajakda ro‘y beradi. Yerni larzaga solayotgan uning qa’ridagi o‘pirilish va siljishlar buni tezlashtiradi”, deyishmoqda seymolog olimlar.

T.Shomurodov tayyorladi.