Gretsiyadagi poyezd to‘qnashuvi voqeasidan keyin mamlakat transport vaziri o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqdi, vokzal boshlig‘i o‘z xatosini tan oldi

Gretsiya infratuzilma va transport vaziri Kostas Karamanlis chorshanba kuni Larisa shahri yaqinida kamida 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi halokatidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda Gretsiyaning ERT1 telekanali xabar berdi.

Poyezdlar avariyasi yuzasidan hibsga olingan Larisa shahri vokzal boshlig‘i o‘z xatosini tan oldi va yo‘lovchi poyezdini yuk poyezdi bilan bir yo‘l bo‘ylab jo‘natganini aytdi, deb xabar berdi Gretsiya jamoat televideniyesi.

Karamanlis keng tarqalgan bayonotida, "Temir yo‘l fojiasi joyidan hozirgina qaytdim, og‘riqni so‘zlab bo‘lmaydi" dedi. Shu 3,5 yil davomida biz vaziyatni yaxshilash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni qildik. Afsuski, bunday falokatning oldini olish uchun bu harakatlar yetarli bo‘lmadi. Va bu barchamiz uchun va shaxsan men uchun juda qayg‘uli".

Chorshanba kuni ertalab Gretsiyaning Larisa shahri yaqinidagi Evangelizmos aholi punkti hududida yo‘lovchi va yuk poyezdining to‘qnashuvi natijasida kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Yo‘lovchi poyezdida 350 ga yaqin odam bo‘lgan. Kasalxonaga 66 kishi yotqizilgan, ulardan 6 nafari reanimatsiya bo‘limida.