Gvatemala: Vulqondan chiqayotgan lava aholi turar joylariga yetib bordi
- 01.04.2021 12:01
- 78
- Xorij
Gvatemalada 2 oy oldin Pakayya vulqoni otilishni boshlagan edi. Bugunga kelib vulqondan chiqayotgan lava oqimi deyarli 2,5 kilometrga cho‘zilib, 17 ming kishi istiqomat qiladigan San-Visente-Pakayya shahriga yaqinlashdi. Bu haqda «MIR24» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, lava oqimi shahar atrofida joylashgan makkajo‘xori, kofe, loviya, avakado ekinlarini yo‘q qilgan. Qutqaruvchilar lava kuniga 50-60 metr tezlikda harakatlanib, eng yaqin aholi punktiga 1,5 kilometrga yaqinlashganini ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, Gvatemala hukumati lava turarjoy binolariga etib borsa va favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, aholi vaqtinchalik tashkil etilgan yashash markazlariga ko‘chiriladi.
Teglar:
vulqon otilishi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa