“Har bir oila - tadbirkor” dasturi uchun qanday hujjatlar topshiriladi?
Samarqand viloyatidagi tijorat banklari mas’ullarining sayyor qabullari va aholi bilan uchrashuvlarida eng ko‘p murojaatlar «Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida murojaat qilgan jismoniy shaxslardan ta’minot hujjatlari (garov, kafillik, sug‘urta kafolati) talab qilinishi holatlari yuzasidan tushmoqda.
Jumladan, 25 mart kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Yoshlar press klubi”da ham Xalq bankining Urgut filiali tomonidan shunday talab qo‘yilayotganligi bildirildi.
Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 9 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslarga mikrokreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda, ya’ni 36 750 000 so‘mgacha ajratiladi.
Kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash bo‘yicha tavsiyanomasi qabul qilinadi. Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi.
Sizga «Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida moliyalashtiruvchi “Agrobank”, Xalq banki, “Mikrokreditbank” filiallarida yuqoridagi kabi me’yoriy hujjat talabidan tashqari ta’minot hujjati taqdim etilishi so‘ralgan holat bo‘yicha Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasining 66 233-60-72, 66 231-08-69 telefon raqamlariga yoki 97 919-37-02 telegram raqamlariga murojaat etishingizni so‘raymiz.
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi axborot xizmati.