Harakatlanayotgan “HOWO” rusumli yuk avtomobili yong‘indan zararlandi

Kecha, 9 sentyabr kuni soat 09:20 da Navoiy viloyati Navbahor tumani “Qalqon-ota” MFY, Navbahor-Nurota 4R 57-yo‘lining 25-kilometrida harakatlanib ketayotgan “HOWO” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga 1 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma chaqirilgan manzilga soat 09:42 yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 32 km.) va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 09.43 da qurshab olinib, soat 09:48 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida “Madina avtoservis” MChJga qarashli 2018 yilda ishlab chiqarilgan tayyor beton tashuvchi “HOWO” rusumli yuk avtomobilining 4 dona old shinasi, motor hamda salon qismi yonib zararlangan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Avtomobil motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi yong‘inga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.