Harbiylarning ko‘rgazmalari chiqishlari oqdaryolik yoshlarga manzur bo‘ldi
- 12.01.2020 13:15
- 294
- Samarqand
Yurtimizda davom etayotgan harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida tuman markazi Loyish shaharchasida 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat milliy gvardiyasi va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari tomonidan harbiy parad hamda ko‘rgazmali tadbirlar tashkil etildi.
Unda yoshlar harbiy texnika va qurol -aslahalar bilan tanishdilar.
Bayram tadbirida tuman hokimi F.Abilov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati.