Havo harorati keskin sovishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" ma’lum qilishicha, 4 noyabr, payshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgaradi.

Mamlakatga Ural hududidan sovuq va biroz nam antitsiklon kirib keladi. Shu kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kunduz kuni havo harorati +3…+8 darajacha pasayadi, bu oy boshi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 12-15 darajaga past bo‘ladi.
Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, 5 noyabrda sovuq antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog‘ingarchilik faqat ayrim tog‘li hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi -5…-3 darajagacha, shimolda -10...-7 darajagacha pasayadi, kunduz kuni harorat +3…+8 darajadan oshmaydi.