Haydovchi uxlab qolgani oqibatida "Damas" ag‘darilib ketdi
- 18.04.2020 11:46
- 534
- Hodisa
Joriy yilning 17 aprel kuni soat 07:30 larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Samarqand quduq MFY hududidan o‘tgan “Jizzax-Mirzacho‘l” 4R-38 avtomobil yo‘lining 33-kilometrida "Jizzax-Paxtakor" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan Q.N. “Damas” rusumli transport vositasini boshqarayotgan vaqtida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Oqibatda “Damas” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi - 1980 yilda tug‘ilgan N.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Isroil va "Hizbulloh" sulh bitimini imzoladi
- 40 daqiqa avval
- Xorij