Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 17 yoshli yigitning avtomashina boshqarishi ko‘ngilsiz voqea bilan yakun topdi
- 13.07.2022 10:36
- 268
- Hodisa
Samarqand tumanida yashovchi haydovchilik guvohnomasiz 17 yoshli yigit singlisining dugonalarini manziliga eltib qo‘yish maqsadida uyidan "Cobalt" avtomashinasini olib chiqadi. U «Chaqa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida avtomashinani katta tezlikda boshqarayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga o‘tib, ag‘darilib ketgan va oqibatda yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Ushbu YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchidan biri voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. Uchinchi yo‘lovchi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
YTH
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuroniylarning miyasi qarimaydi
- 3 soat avval
- Mutolaa
Konfet niqobidagi og‘u
- Bugun, 14:30
- Jinoyat va jazo
Bobur suratdagidek bo‘lganmi?
- Bugun, 13:56
- Ta’lim
Joul Qosimda hamma ishli bo‘ladi
- Kecha, 20:12
- Samarqand