Haydovchining rulda uxlab qolishi o‘zi va voyaga yetmagan bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamentining xabariga ko‘ra, joriy yilning 29 aprel kuni soat 18:00 larda, Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududidan o‘tgan “Termiz-Toshkent” M-39 avtomobil yo‘lining 967-kilometrida, haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.E. “Matiz” rusumli transport vositasini Toshkent yo‘nalashiga qarab boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib ag‘darilishi tufayli YTH sodir bo‘lgan.
Oqibatda haydovchi B.E. va yo‘lovchi - voyaga yetmagan, 2007 yilda tug‘ilgan Z.E. voqea joyida vafot etishgan.
Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar: 35 yoshli M.M., 14 yoshli U.E., 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. lar tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.