Hayit munosabati bilan test sinovlari boshqa kunga ko‘chirildi
- 08.08.2019 10:26
- 274
- Ta’lim
Davlat test markazi Qurbon hayiti munosabati bilan 11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa kunga ko‘chirilgani haqida xabar qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 2 avgustdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi munosabati bilan joriy yilning 11 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari quyidagi muddatlarga ko‘chirilganligi ma’lum qilinadi (abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bino va soat o‘zgarmagan holda):
Qashqadaryo viloyatida – 12 avgust kuni;
Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida – 13 avgust kuni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida – 14 avgust kuni;
Buxoro viloyatida – 15 avgust kuni o‘tkaziladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa