Hayot saboqlari
Qalban kuylang.
Har bir inson sizni qanday qarshi olishini xohlasangiz siz ham unga xuddi shunday munosabatda bo‘ling.
Yilda bir marotaba bo‘lsa ham quyosh chiqishini kuzating.
Doim oldinga qarab intiling.
Yaqinlaringiz tug‘ilgan kunini yodda saqlang.
Tug‘ilgan kuningizda daraxt eking.
Sevimli insoningizni qadrlashingizni bildirib turing.
Katta rejalar qiling va kichik quvonchlardan quvoning.
Siz bilgan va sizni bilgan odamlar ichida ijobiy fikrlovchi inson bo‘ling.
O‘zingizni va o‘zgalarni kechiring. Tez - tez “Rahmat” deng.
Salbiy fikrlovchi odamlardan uzoq bo‘ling. Oyoq kiyimingiz toza bo‘lsin.
Sizning muruvvatingizga muhtojlar ko‘p.
Sizdan yordam so‘ragan qo‘lni bo‘sh qaytarmang.
Odamlarga ularga yoqadigan gaplar bilan murojaat qiling.
Odamlarning ko‘ziga qarang. Birinchi salom berishga intiling.
Birinchi salomlashing.
Yangi do‘stlar orttiring.
Eski qadrdonlar bilan aloqani tiklang.
Sirlaringizni saqlang.
Xayotingizda bo‘layotgan har bir hodisaga o‘zingiz javobgarsiz.
O‘zgalarni ayblamang.
Hayotdan adolat kutmang. Muhabbat qudratlidir. Buni unutmang.
Halol bo‘ling.
“Mening aybim”, “Bilmayman” degan so‘zlarni aytishdan uyalmang.
Bilmayman” deyishdan uyalmang.
So‘z berdingizmi, har qanday holatda ham uni bajarishga harakat qiling!
Ismatulla Yo‘ldoshev kundaliklaridan.