Hayratlanarli tasodif: Avval xaloskor, keyin esa jallod
Ba’zida taqdirning o‘zaro to‘qnashuvi mutlaqo aql bovar qilmaydigan va hatto bo‘lishi mumkin bo‘lmagan tasodiflarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar ularni tasdiqlovchi hujjatlar va dalillar bo‘lmaganida, biz ularga ishonmagan bo‘lardik.
1864 yilda Amerikada o‘sha paytdagi mashhur Edvin But ismli aktyor gastrolidan qaytayotib, poyezdga chiqish uchun platformada turgan edi. O‘sha kuni perronda odam gavjum bo‘lib, kichik bir siqilish boshlandi. Deyarli kirish joyida turgan Edvin bosim ostida yashirinishga urinib turgan bolakayni ko‘rib qoldi. U tobora platformaning oxiri va poyezd yaqiniga surilib boraverardi. Bir payt u bolakayning platforma va poyezd orasidagi bo‘shliqqa tushib qolishi mumkinligini tushunib oldi va oldinga egilib, so‘nggi daqiqada bolani yoqasidan ushlab olishga muvaffaq bo‘ldi va uning hayotini saqlab qoldi.
Edvin bolaga qaraganida, u AQSh Prezidentining o‘g‘li Robert Linkolnning yuzini ko‘rdi. Bola unga minnatdorchilik bildirdi va qutqaruvchisi uning ismini aytib chaqirganda, u ishonarli bosh silkib qo‘ydi. Edvinning taxmini rost bo‘lgani va uning oldida haqiqatan ham Amerika Prezidentning o‘g‘li turganligiga ishonch hosil qildi.
Shu tariqa Edvin But Prezident Avraam Linkolnning o‘g‘li Robertning xaloskoriga aylandi.
Falakning gardishi bilan 1865 yilning aprel oyida Edvinning akasi Djon But birodarining qilgan ishiga mutlaqo zid harakat qildi. Vashington teatrlarining birida Djon o‘sha bolaning otasi – Amerika Prezidenti Avraam Linkolnni otib o‘ldirdi va shu bilan uning jallodiga aylandi.
Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.