Hindistonda koronavirus oqibatida qurbon bo‘lganlar soni bo‘yicha rekord natija qayd etildi
- 06.08.2020 19:30
- 500
- COVID-19
Hindistonda so‘nggi kecha-kunduzda COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar soni rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi kecha-kunduzda 918 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. Nashrning ma’lum qilishicha, o‘limlar soni birinchi marta 900 nafardan oshgan. So‘nggi bir oy ichida 20 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi, pandemiya boshlanganidan beri esa – 40.6 ming kishi vafot etdi.
Mamlakatda so‘nggi kecha-kunduzda 57 923 nafar kasallanish holati qayd etildi. Umumiy kasallanganlar soni 1 964 536 nafarni tashkil etmoqda.
6 avgust holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 18 977 637 nafarga yetdi. Ulardan 12 166 746 nafar bemor tuzaldi, 711 220 nafar bemor vafot etdi.