Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda, kasallanganlar 29 milliondan oshdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 173 million 674 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan, 3 million 744 mingdan ziyod kishi vafot etgan (09.06.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 16:52 holatiga).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 333 823 yangi holati aniqlandi. 8 662 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (10.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 174 million 425 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 758 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. U yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 33,056 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (29,089 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (16,984 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,615 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Turkiya (5,300 milliondan ortiq).
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 13 739, Hindistonda 92 596, Braziliyada 37 156, Fransiyada 4 700, Turkiyada esa 6 609 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining ma’lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 212 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.