Hindistonda sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida kamida yuz kishi halok bo‘ldi

Tabiiy ofat tufayli Assam shtati kuchli talafot ko‘rdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Assam tabiiy ofatlar bilan kurashish boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, tinimsiz davom etgan yomg‘irlar sababli Braxmaputra daryosining o‘z qirg‘oqlaridan toshib chiqishi oqibatida 85 kishi halok bo‘lgan.

Suv toshqini 3 mingta qishloqni vayron qilgan. Hukumat vayron bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan yuz minglab odamlarni joylashtirish uchun 50 ming nafar vaqtinchalik turar joylari barpo etgan. Shu bilan birga, tabiiy ofat bilan kurash olib borishga koronavirus pandemiyasi ham jiddiy halaqit berayotgani aytilmoqda.