Hokim ilg‘or fermerni televizor bilan siyladi
- 06.10.2019 10:08
- 292
- Jamiyat

Past Darg‘om tumanidagi «Navbahor» muqobil MTP hududidagi “Do‘stmurod chorva mollari” fermer xo‘jaligi a’zolari tumanda birinchi bo‘lib davlatga paxta sotish shartnoma rejasini bajardi.
Xo‘jalik a’zolari 27 gektar yerda yuqori agrotexnika talablari asosida g‘o‘za parvarishlab, shartnomaga ko‘ra 62 tonna paxta yetishtirishni rejalashtirgandi. Zahmatli mehnat o‘z samarasini berdi: birinchi terimdayoq 62 tonnalik dovon zabt etildi.
Tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyev xo‘jalik a’zolarini ushbu natija bilan qutlash uchun fermer dalasida bo‘ldi va o‘z sovg‘asini topshirdi.
Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.
Teglar:
Past Darg‘om
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Kecha, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat