Hokimlar boshchiligidagi millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 noyabrdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari huzurida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.

Jumladan, Samarqand viloyati hokimligi huzurida ham viloyat hokimi E.Turdimov raisligidagi 23 kishidan iborat kengash tarkibi tasdiqlandi.

Tuman va shaharlarda esa kengash tarkibi hokim boshchiligida 12 kishidan iborat bo‘ladi.

Turli millat vakillari yashayotgan hududlar aholisining maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini har chorakda muhokama qilish va hamkorlikda hal etishni tashkil etish hamda monitoringini olib borish, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan millatlararo ixtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini olish, profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashish jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari sifatida belgilangan.