Ibn Sino ko‘chasida ko‘p qavatli uylar quriladi
Prezidentimizning shu yil 11 yanvar kuni viloyatimizga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bayoniga ko‘ra, Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasining Samarqand xalqaro aeroportidan temiryo‘l ko‘prigigacha qismida 7 qavatli, temiryo‘l ko‘prigidan Geofizika chorrahasigacha qismida 5 qavatli, Afrosiyob ko‘chasidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialigacha qismida 3 qavatli zamonaviy turar joy va noturar joy binolari quriladi.
Shu ko‘chaning Siyobcha kanalidan o‘tgandan keyin yo‘lning o‘ng tomonidagi eski turar joy va noturar joy binolarini buzish hisobidan 3-4 qavatli mehmonxona va savdo kompleksi hamda mehmonxona orqasida undan baland bo‘lmagan 5 qavatli zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi.
Sobiq “Gelion” zavodi o‘rnida zavod yonida qurilgan turar joy binosi bilan bir xil balandlikdagi zamonaviy mehmonxona barpo etish rejalashtirilgan.