Ichimlik suv quvuri ta’mirlandi va suv berish to‘liq yo‘lga qo‘yildi
- 11.03.2021 18:16
- 110
- Samarqand
Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasidagi diametri 1000 millimetrli ichimlik suv quvuridagi rekonstruksiya ishlari bajarilib, 2021 yil 10 mart kuni soat 21:00 gacha ichimlik suvi berilishi qayta yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan edi.
Ammo ushbu vaqt oralig‘ida ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmadi. Oqibatda suv berish vaqtincha to‘xtatilgan mahallalarda yashovchi aholi tomonidan e’tirozlar yuzaga keldi.
Buning oldini olish maqsadida ichimlik suvi berish vaqtincha yo‘lga qo‘yildi. Oqibatda quvurlarning yorilib ketishi holati yuzaga keldi va qaytadan ta’mirlash ishlari olib borildi. Shu bois ushbu nosozlikni bartaraf etish bugun, 11 mart kuni soat 10:00 ga qadar davom etdi. Shundan keyin ichimlik suvi uzatilishi to‘liq qayta yo‘lga qo‘yildi.
"Samarqand suv ta’minoti" MChJ axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 1 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand