Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Muhiddin Jo‘rayev ommaviy sayyor qabullar o‘tkazadi
- 22.05.2019 16:19
- 371
- Samarqand
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 03 may kunidagi tasdiqlangan jadvaliga asosan, joriy yilning 24 may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Pastdarg‘om tumani Go‘zalkent Agrosanoat kollejidagi 1-sektor shtabi binosida Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Ishtixon tumanlari va Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on shahar fuqarolari uchun;
25 may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Nurobod tumanidagi 18-son Musiqa maktabi binosida Nurobod va Samarqand tumani fuqarolari uchun Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Muhiddin Jo‘rayevning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur sayyor qabullarda fuqarolarning bevosita ichki ishlar organlari faoliyatiga oid savollar va muammolari bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganish belgilangan, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.