IIBB 7 ta avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqidagi internet tarmog‘ida tarqalgan xabarlar yuzasidan poytaxt IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2 iyun kuni soat 19:00 da Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi “Ganga” avtomobil ko‘prigida (aniqlanmagan) “Cobalt” avtomobili keskin to‘xtagani sababli yetti nafar birin-ketin harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashdilar. Ya’ni:

1) 38 yoshli Otabek N. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomobili;

2) 28 yoshli Azizjon M. boshqargan “Spark” avtomobili; 

3) 24 yoshli Shohruh boshqaruvidagi “Nexia” avtomobili; 

4) 43 yoshli Turkiya fuqarosi Byulent T. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomobili;

5) 34 yoshli Zafar M. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomobili;

6) 25 yoshli Sobitjon E. boshqargan “Toyota” avtomobili;

7) 29 yoshli Sirojiddin T. boshqargan “Malibu” avtomobili.

YTH oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi. Yo‘l-transport hodisasining barcha ishtirkochilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.