Ijtimoiy tarmoqlarda karantin vaqtida o‘tkazilgan to‘y keng muhokamaga sabab bo‘ldi. IIBB holatni izohlab berdi
Internet tarmog‘ida Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi xususiy uylarning birida to‘y o‘tkazilgani aks etgan video tarqaldi.
Marosimda o‘zbek estradasining taniqli xonandasi ishtirok etgani videorolikni tomosha qilganlarning e’tiborini tortdi.
Foydalanuvchilar video ostida qoldirilayotgan sharhlarda tadbir ishtirokchilarini karantin davrida tartibni buzganlikda ayblamoqdalar.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan videoda aks etgan holat o‘rganildi.
Ma’lum qilinishicha, tadbir 22 mart kuni – Respublika maxsus komissiyasining mamlakatimiz fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinishi haqidagi qarori kuchga kirishidan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, to‘y kuyov - 28 yoshli Sh.S.ning uyida o‘tkazilgan bo‘lib, tadbirda 3 nafar erkak, kelin va 6 ta ayol hamda xonanda M.A. ishtirok etgan.
Xonanda uchta qo‘shiq kuylagach, tadbirni tark etgan. Sh.S. to‘y o‘tkazishi haqida oldindan mahalla raisini va profilaktika inspektorini ogohlantirgan.
Poytaxt IIBB fuqarolardan biror ma’lumotni internetga muhokama qilish uchun chiqarishdan oldin uning tafsilotlarini o‘rganib chiqishni so‘ragan.
Shuningdek, xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva ham to‘yda qatnashib, qo‘shiq aytganini tushuntirib berdi: