Ijtimoiy tarmoqlarda nafrat so‘zlariga qarshi qanday kurashish mumkin?
Feyk xabarlarni qanday aniqlash mumkin? Faktcheking, ya’ni ma’lumotlarning to‘g‘riligini bilishning qanday usullari bor?
Samarqandda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida jurnalist va blogerlar tajribasini oshirish uchun o‘tkazilgan seminar-treningda shu masalalar ko‘tarildi.
- Bugun axborot saytlarida u yoki bu materiallarning muallifdan so‘roqsiz yoki manbasini keltirmasdan olib berilishi juda ko‘p tarqalgan, - deydi markaz treneri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri Anora Sodiqova. - Yoki inson huquqlariga daxl qiluvchi maqolalar berilish holatlari uchrab turadi. Deylik, keyingi kunlarda ommaviy axborot vositalarida Suriyadan qaytgan ayollarning taqdiri hikoya qilinib, uning yuzini ko‘rsatish, jinoyatchining nega odam o‘ldirgani voqeasini aynan uning fikrlari asosida berish kabi holatlar kuzatildi. Bu holatlar qonuniy jihatdan ham, etika nuqtai nazaridan ham xato.
Seminar davomida, shuningdek, mobil jurnalistika asoslari, multimedia instrumentlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tildi.