Ikkita atom portlashlardan omon qolgan odam
1945 yil 6 avgustda Amerika samolyotlari Xirosimaga, uch kundan keyin 9 avgust kuni Nagasakiga bomba tashladi. Xirosimaga tashlangan trotil ekvivalenti 13 ming tonnadan iborat Little Boy («Kichkintoy») shaharning taxminan 70 foizini vayron qilgan.
AQSh Yaponiyaning Xirosima shahriga harbiy maqsadlarda qo‘llagan birinchi atom bombasini tashlaganida, bir zumda yoki vaqt o‘tishi bilan radiatsion kuyish va ta’sir tufayli 90 mingdan 146 minggacha yapon fuqarolari halok bo‘ldi.
“Kichkintoy” bombasi Xirosimaga tashlanganidan ikki kun o‘tib, yana bir “Baqaloq” deb nomlangan bomba Nagasakiga tashlandi. “Baqaloq” 39 mingdan 80 minggacha kishining uyini quritdi. Qurbonlarning yarmidan ko‘pi portlashning birinchi kunida halok bo‘ldi, o‘z ko‘rguliklarini aytib berish uchun juda kam odam tirik qoldi.
Birinchi bomba tashlanganida Xirosimada xizmat safarida bo‘lib turgan Sutomu Yamaguchi mo‘’jizaviy tarzda tirik qoldi. Shahar vayron bo‘lgach, u Nagasakiga qaytib keldi. Afsuski, u ikkinchi portlashning ham guvohi bo‘lish va ikki baravar uni omadli yoki ikki baravar omadsiz qilgan vaziyatni boshidan kechirish uchun ona shahriga yetib keldi.
Sutomu Yamaguchi nafaqat urushdan omon qoldi, balki asr almashinishini ko‘rdi, u 2010 yilda oshqozon saratoniga duchor bo‘ldi va 93 yoshida vafot etdi.
Taqdir taqozosi bilan Sutomu Yamaguchi bu ikkita portlashlarning guvohiga aylandi, umid qilamizki, uning rekordi hech qachon yangilanmaydi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.