Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondiga xorijdan 2512 ta adabiyot olib kelinadi
- 25.06.2019 09:45
- 85
- Samarqand
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2019 yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondiga 758 nomdagi jami 2512 ta adabiyot olib kelinadi.
Shunga ko‘ra, qaror bilan ilmiy-tadqiqot markazi kutubxona fondiga xorijiy adabiyotlarni olib kelish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
Mazkur adabiyotlarni olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Hukumat huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi tomonidan qoplanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand