Indoneziya prezidenti Putin bilan Ukrainada vaziyatni muhokama qildi

Shuningdek, ikki davlat rahbarlari Jakarta raislik qiladigan «Katta Yigirmalik» - G20 faoliyati haqida ham gapirgan.

Vladimir Putin indoneziyalik hamkasbining so‘roviga ko‘ra, “Ukrainadagi vaziyatga Rossiya tomonidan berilgan maxsus harbiy operatsiya kontekstidagi baholari”ni taqdim etgan.

20 aprel kuni G20 mamlakatlari moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari uchrashuvida Rossiya vakilining nutqi boshlanganida Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, shuningdek, Yevropa Markaziy banki delegatsiya vakillari zalni tark etishgan edi.

Bloomberg agentligi xabar berishicha, AQSh rasmiylari Indoneziya hukumatini Rossiya prezidentini G20 sammitiga qo‘ymaslikka yoki hech bo‘lmaganda uning Ukrainadagi harakatlarini ayblashga chaqirgan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki boshqaruv organlari sessiyasida Indoneziya vakiliga Putin sammitga taklif qilinganmi, deya savol berishganda: "Biz taklif qildik... G20 a’zoligiga kiruvchi barcha davlat ham taklifnomalarini olishdi", degan javob olishgan.

Sammit noyabr oyiga rejalashtirilgan.