Inglizlar chet elliklar o‘rniga ishlashni xohlamaydi
Buyuk Britaniyaning ishbilarmon doiralari «brexit»dan keyin halokatli ishchi kuchi tanqisligi haqida ogohlantirmoqda. London masalaning qisman yechimi bo‘sh ish o‘rinlariga inglizlarni yollash deb bilmoqda. Lekin tozalash-obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar bunga mutlaqo qo‘shilmaydi: Buyuk qirolicha fuqarolari chet ishchilar osonlikcha rozi bo‘lgan shartlarga ko‘nmayapti.
"Ishchilarning aksariyati (70 foiz)ni ispanlar, janubiy amerikaliklar, bolgarlar, ruminlar tashkil etadi. Ularning ko‘pi vatanlariga qaytishdi. Biz hamkorlarimizning to‘rtdan bir qismini yo‘qotdik. Bu mamlakatga nomzodlar qiziqish bildirmayapti. Bizda ish 9.00 dan 5.00 gacha bo‘lsa, ular "yo‘q, bo‘lmaydi, biz 10.00 dan 3.00 gacha ishlashni istaymiz" deyishadi. Shunday qilib, biz ko‘plab xodimlarni yo‘qotdik, endi qolgani zo‘r berib ishlashi kerak», deydi kompaniya direktori Meri-Jeyn Pettit.
Eng og‘ir zarba yuk mashinalari haydovchilari yetishmasligi bo‘ldi: yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin, supermarketlarda tovar yo‘q, restoranlarda tovuq tugadi - hatto «Makdonalds»da sut kokteyli tayyorlashga masalliq yo‘q.
Mamlakatning eng yirik biznes-guruhi - Britaniya sanoati konfederatsiyasi muammolarni ikki yil ichida hal qilib bo‘lmaydi, deb ogohlantirmoqda. «Brexit»dan keyin hukumat mamlakatga faqat yuqori malakali ishchilarni taklif qilishga, mahalliy aholi yoki orolda qolganlarni ishga yollashga tayyor. Tadbirkorlar esa vizalar malakaga emas, balki zaruratga ko‘ra berilishi kerakligini ta’kidlashmoqda.
«Ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish uchun bizga aynan shu maqsadga qaratilgan immigratsion tizim kerak. Biz mamlakatga zarur kasb egalari kelishi mumkin bo‘lgan tizim yaratilishini talab qildik.
O‘tgan hafta hukumat o‘z qaroridan qaytdi va haydovchilarga, parrandani qayta ishlovchilarga vaqtinchalik viza berishga va’da berdi. Past malakali ishchilarni uyda topish mumkin, lekin farroshlarni past malakali deb hisoblash katta xato, deya hisoblashadi «klining» kompaniyalari mutaxassislari », deydi CBI direktori Toni Denker.
Jim Melvin, Britaniya obodonlashtirish kengashi raisi:
"Bizning ishimizda malaka shart emas deb o‘ylaganlar adashadi. Biz hukumatdan muammoning kattaligini tan olishini va birgalikda yechim topishini xohlaymiz".
London esa qat’iy immigratsiya qoidalarining bunga hech qanday daxli yo‘qligini ta’kidlamoqda. Shunga qaramay, muammolarning vaqtinchalik yechimi bu - e’lon qilingan qoidalar yumshatilishidir. Tadbirkorlar bunday qisqa muddatli vizalar befoydaligi, ular bashorat qilinayotgan qishdagi yirik kollapsni biroz yumshatishiga amin.
G.Xoldorova tayyorladi.