Inson 100 yil yashashiga dalolat beradigan omillar

Bir qator ilmiy tadqiqotlar inson uzoq umr ko‘rishiga ta’sir qiladigan narsalar borligini ko‘rsatdi. Xususan, ilmiy ish jarayon tanadagi modda almashinuvi uchun mas’ul bo‘lgan genlar umr ko‘rish davomiyligi bilan bevosita bog‘liqligini aniqlab berdi.

Temir

- Qonda haddan tashqari ko‘p temir bo‘lmasligi muhim ahamiyatga ega, - deyishadi olimlar. Ularning fikriga ko‘ra, temir moddasining ko‘pligi inson hayotini qisqartiradi. Agar Ferrum darajasi normal bo‘lsa, unda qarish jarayoni sekinlashadi, shuningdek, keksa yoshdagi odamlar kasallikka kamroq uchraydi.

Irsiyat

2015 yilda Amerika va Italiya olimlari 90 va 100 yoshdan oshgan guruhdagi fuqarolarda 4 ta uzoq umr ko‘rish geni borligini aniqlashdi. 2019 yilgkelib xalqaro tadqiqotchilar guruhi insondagi umr ko‘rish davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan 12 genom hududini qayd etdi.

Bular asosan yurak-qon tomir kasalliklari, 2-toifa diabeti va chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarga moyillik shakllanadigan hududlar edi. Ya’ni, agar insonning ota-onasi, bobosi va buvisi bunday kasalliklarga duchor bo‘lgan bo‘lsa, unda uning o‘zi ham bu kasalliklarni “orttirish”i mumkin.

Jins

Germaniya va Daniya olimlari tomonidan qiziqarli tadqiqot o‘tkazildi: ular insoniyat tarixidagi eng qiyin paytlardagi, xususan, Trinidad orolidagi qul savdosi, Islandiyadagi qizamiq epidemiyasi va Shvesiya, Irlandiya, Ukrainadagi ocharchilik davridagi demografik vaziyatni o‘rganishdi. Ushbu davrlarda ular deyarli hamma joyda ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rganini aniqlashdi.

Fikrlash tarzi

Insonning umr ko‘rish davomiyligiga uning dunyoqarashi ham ta’sir qiladi, deydi amerikalik shifokorlar.

1500 erkak va 70 000 ayol ishtirokida o‘tkazilgan tajriba davomida olgan malumotlar odatda optimistlar boshqalarga qaraganda 11-15 foiz uzoqroq yashashini aniqladi.

Shifokorlar buni doimo ijobiy fikrlaydigan odamlarga yurak-qon tomir va o‘pka kasalliklari kamroq hujum qilishlari bilan izohlashdi.

Ushbu toifadagi fuqarolar (ko‘pincha) sog‘lom turmush tarzini olib boradi, bundan tashqari, optimistlarga ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi qo‘shimcha hayot yillarini qo‘shar ekan.

Ta’lim

Taxminan 200 ming yevropalik aholi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilgan tadqiqotchilar agar inson iloji boricha ko‘proq ta’lim olish bo‘yicha genetik moyillikka ega bo‘lsa, unda uzoq umr ko‘rish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, degan qiziqarli xulosani berdi. Oddiy qilib aytganda, bilimga chanqoqlik qanchalik baland bo‘lsa, inson shunchalik uzoq umr ko‘radi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.