“Ipoteka bank”ning Samarqand viloyatidagi filialida xodimlar koronavirusga chalingani haqidagi xabar rad etildi
- 29.05.2020 12:17
- 250
- Dolzarb
Ipoteka bankning Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi filiallarida xodimlar o‘rtasida koronavirus tarqalgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bank axborot xizmati ushbu xabarlarni rad etdi.
"Ayrim kanallarda bankimizning Navoiy va Samarqand filiallarida xodimlarning koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha holatlar aniqlanganligi bo‘yicha asoslantirilmagan ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Bizning filiallarimizda bunday holatlar aniqlanmagan.
Barcha filiallar mijozlarga va aholiga karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bank to‘g‘risida asoslanmagan ma’lumotlar tarqatayotgan kanallar haqida tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz", deyiladi xabarda.
Teglar:
koronavirus