Irlandiya hukumati to‘liq tarkibda karantinga olinadi
- 17.09.2020 11:55
- 90
- Xorij
Irlandiya sog‘liqni saqlash vazirining salomatligi yomonlashgani sababli mamlakat hukumatining barcha a’zosi karantinga olinadi. Bu haqda “Rambler Novosti” xabar berdi.
“Juda muhim ma’lumot. Ma’lum bo‘lishicha, bugun bo‘lib o‘tgan voqea sababli mahkama to‘liq tarkibda karantinga olinadi”, dedi Irlandiya parlamenti vakili Shon O‘Fyoriel.
Taqdim etilgan ma’umotga ko‘ra, bir kun muqaddam Irlandiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘zini yomon his qilgan. Shifokorlar uni COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan, deb gumon qilmoqda.