Ishtixon va Oqdaryo tumanlari favqulodda vaziyatlarga tayyormi?

Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida 2019 yilning 15-17 may kunlari Favqulodda vaziyatlarda falokatlarning oldini olish maqsadida davlat tizimi boshqaruv organlari kuch va vositalarini jalb etgan holda “Ishtixon va Oqdaryo tumanlari boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

Haqiqiy holatga maksimal darajada yaqinlashtirilgan o‘quv-mashqida zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholini xavfsiz joyga ko‘chirish jarayonida turli tizimlarning o‘zaro uzviy ishlashini ta’minlash maqsad qilingan, deb xabar bermoqda “Ishtixon ovozi”.