Ishtixonda aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgan MChJ rahbari qo‘lga olindi
- 21.06.2022 09:29
- 381
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar teyeshiruv o‘tkazildi.
Unda, ”B.” MChJ rahbari O‘.X. “Oqtoshdon” AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 209,8 mln so‘mlik 84,5 tonna un mahsulotini dislokatsiyada belgilangan mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
Ishtixon tumani
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa