Ishtixonda daryodan qum-shag‘al aralashmasini kovlab olayotgan fuqarolarga 30 million so‘mdan ortiq jarima qo‘llanildi
- 104
- Samarqand
Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi va Ishtixon tuman davlat inspektorlari, viloyat prokuraturasi hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shma reyd tadbiri o‘tkazdi.
Zarbuloq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan navbatdagi reyd davomida 7 nafar fuqaro tomonidan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan qonun talablariga bo‘ysunmagan ushbu 7 nafar qonunbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 70-moddasi prim 1-qismiga asosan BHMning 90 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.
Teglar:
qum-shag‘al
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘zbek tilshunosligiga munosib hissa qo‘shgan olim
- 18 daqiqa avval
- Samarqand
Allergik rinit qanday kasallik?
- Bugun, 11:32
- Salomatlik