Ishtixonda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketdi
Joriy yilning 24 may kuni soat 18:00 da haydovchi 39 yoshli K.T. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasini Ishtixon tumani Azamat maxallasi, Nurobod qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda boshqarib borib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomoni chekkasida joylashgan Xatirchi kanalining kichik irmog‘iga tushib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi 39 yoshli M.U. tan jarohati olib vafot etganligi aniqlangan. M.U.ning murdasi hodisa joyidan suv oqimi bo‘yicha 430 metr uzoqlikda kanalning kichik irmog‘ining suv oqimidan topilgan.
Holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.