Ishtixonda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Ishtixon tumanidagi Yangiravot, Zartepa, Xazorbobo, Mirzaqul, Bog‘bon, Sheyxlar, Minglar, Zarbuloq mahallalari aholisi uchun sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatadi.
Tadbir joriy yilning 21 sentyabr kuni soat 09:00 dan soat 18:00 ga qadar O‘rtaqishloq ijtimoiy-iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji binosida o‘tkaziladi.
Sayyor xizmatlar davomida:
- elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;
- fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish;
- tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- jismoniy shaxslarning soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
- jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish;
- davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga ariza olish va joylashtirish uchun yo‘llanmalar berish kabi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi.