Ishtixondagi 4 mingdan ziyod aholiga 10 ming dona ko‘chat tarqatildi

“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq, Urgut, Samarqand, Ishtixon tumanlarida “Har bir oila mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” nomli hayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Saxovat tadbirida Ishtixon tumani Orlot mahallasiga qarashli  Orlot-1, Orlot-2, Orlot-3, Orlot-4 hamda Kulchara qishloqlaridagi 700 dan ortiq xonadonda istiqomat qiluvchi 4 mingdan ziyod aholiga 10 ming donadan ortiq pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon va boshqa ko‘chatlar tarqatildi.

Ushbu mahallada hozirda 42 ta kambag‘al oila ro‘yxatda turadi va ular kuchli ijtimoiy himoyaga olingan. Xayriya tadbiri davomida shu mahallada yashovchi E.Xubbimovning tomorqasida hashar ham uyushtirilib, qishloqdoshlarning ko‘magi bilan qariyb 20 sotix maydonga ko‘chatlar ekildi.

“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi axborot xizmati.