Islom Karimov hayoti va faoliyatiga oid fotolavhalar namoyish etildi
Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 83 yilligi oldidan Toyloq tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Buyuk davlatning buyuk me’mori” nomli ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi.
Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada yuzdan ortiq fotolavhalar hamda 10 dan ziyod asarlar namoyish etildi.
Mazkur fotosuratlar o‘quvchilarga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va faoliyati, o‘quvchilik davridan davlat rahbarigacha bosib o‘tgan yo‘li, erishgan yutuqlari, Qashqadaryoda paxta tergan davrlari, BMTda so‘zlagan nutqi, tarixiy obidalarni tiklash jarayonidagi ishtiroki haqida so‘zlaydi.
Shuningdek, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida 1-15 fevral kunlari rassomlarning Samarqand haqida so‘zlagan ijodiy ishlari joy olgan “Rangtasvir asarlarida Samarqand” hamda 1-13 fevral kunlari Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi ashyolardan iborat “Bobur - shoh va shoir” nomli ko‘rgazmalar tashkil etiladi.