Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, oliy ta’lim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi ish faoliyatini boshladi.

Uning umumiy qiymati 60,5 mln. AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 mln. AQSh dollari va O‘zbekiston Respublikasi ulushi 12,81 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.