Ispaniyalik olimlar niqob taqishning virus bilan kurashishda foydali jihatlarini taqqosladi
Olimlar COVID-19 kasalligini yuqtirish paytida tibbiy niqobda bo‘lgan bemorlarda kasallik yengil o‘tishini aniqlashdi. Bu haqda Ispaniyaning EFE axborot agentligiga yuqumli kasalliklar mutaxassisi, La Rioja xalqaro universiteti tibbiyot markazi direktori Visente Soriano xabar berdi.
Soriano pandemiyaning birinchi to‘lqini paytida Madridda tadqiqot ishlariga boshchilik qildi. Olimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, virusning yuqish darajasi va gospitalizatsiya ehtimolini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Olimlar bir kompaniya xodimlarini 3 soat bino ichida niqobsiz, masofani saqlagan holda 10 kishini o‘rganishdi. Natijada kompaniya xodimlari koronavirus bilan kasallangan, ularning 4 nafari kasalxonaga yotqizilgan.
"Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, koronavirus infeksiyasining past konsentratsiyasi ta’sirida yuqish ehtimoli mavjud. Ammo alomatlar deyarli sezilarsiz, kasallik yengil o‘tadi», deya niqob taqishning virus bilan kurashishda foydali jihatlarini aytib o‘tdi Soriano.
Avvalroq, Sechenov universiteti mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vitaliy Zverev “Qo‘lqoplar koronavirus infeksiyasidan himoya qilmaydi. Aksincha, qo‘llarning tabiiy himoyasini zaiflashtirib, turli boshqa kasalliklarning yuqishiga sabab bo‘ladi”, deb ta’kidlagan edi.