Istanbullik avtobus haydovchisi o‘zbekistonlik qiz bilan tanishishga uringani uchun sudlanadi
- 27.11.2020 12:30
- 568
- Xorij
«Habertürk» nashrining xabariga ko‘ra, avtobus haydovchisi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan N.M.ga telefon raqamini bermasa, avtobusdan tushirmasligini aytgan. N.M. oilali ayol ekanligini aytishiga qaramay haydovchi aytganida turib olgan.
Telefon raqamini aytib “avtobusdagi asirlikdan” qutulib chiqqan ayol huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilgan. Hozirda haydovchi vazifasidan bo‘shatilgan va prokuratura tomonidan holatni o‘rganish jarayoni boshlangan. U 1 yil 9 oydan 9 yil 6 oy muddatgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa