Iste’molga yaroqsiz 400 kilogramm go‘sht mahsulotlari aniqlandi
Joriy yilning 1 iyul sanasida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida joylashgan “Umakay” muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan shu kuni soat 23:30 larda, “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanib kelgan, haydovchi E.E. boshqaruvida bo‘lgan "Neksiya-1" rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, avtomobilning saloni va yukxonasidan veterinariya ma’lumotnomalarisiz go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Go‘sht mahsulotlaridan Qashqadaryo viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan namunalar olinib tekshirildi.
Shahar ekspertiza laboratoriyasining 2020 yil 2 iyul kunidagi xulosasiga asosan, jami 400 kilogramm og‘irlikdagi qora mol go‘shti iste’molga yaroqsiz deb topilib, tegishliligicha choralar ko‘rilgan, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.