Jahon banki O‘zbekistonga 200 million dollar ajratdi

Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistonga 200 million dollar ajratishni ma’qulladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan samarali iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni e’tirof etish va qo‘llab-quvvatlash sifatida bugun Jahon bankining direktorlar kengashi O‘zbekistonga 200 million dollar ajratishni ma’qulladi“, deb yozdi vazir.

Ushbu mablag‘lar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ma’lum qilingan.