Janjalning oldini olishga harakat qilgan ayol kaltaklandi

2020 yilning 26 iyun kuni soat 15:00 da 30 yoshli N.R. Buxoro shahrida joylashgan Perinatal markazi oldida kuyovi J.S. bilan oldindan o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli janjallashib turgan vaqtida, ularni ajratish uchun kelgan fuqaro N.R.ni (ayol) qo‘llari bilan urib-do‘pposlab, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB 1-IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.