Janubiy Koreyada yong‘in o‘nlab uylarni vayron qildi

Tabiiy yong‘inlar mamlakatning Kanin shahrida kamida 40 ta uyni vayron qildi, o‘rmonning anchagina qismi yonib ketdi, deb xabar berdi seshanba kuni Yonhap.

300 dan ortiq mahalliy aholi va 700 ga yaqin sayyoh xavfli hududni tark etishga majbur bo‘ldi, deyiladi agentlik xabarida.

Shahar yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 28 ta xususiy uy, 12 ta pansionat va to‘rtta mehmonxona vayron bo‘lgan, hozircha qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Mahalliy hukumat vakillari yong‘inga shamol tufayli elektr simiga qulagan daraxt sabab bo‘lgan, deb hisoblamoqda.