Janubiy Koreyadagi janjalda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
- 30.07.2019 10:55
- 188
- Xorij
O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019 yilning 26 iyul kuni Koreya Respublikasining Inchon shahrida o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.L. og‘ir jarohatlandi va vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi va tergov tarbirlarini amalga oshirmoqda.
Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan.