Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri 23 yilga qamaldi

Seul markaziy tuman sudi Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Suni 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. U 2024 yilda joriy etilgan harbiy holat bilan bog‘liq ravishda konstitutsion tuzumga qarshi isyonda ishtirok etgan.

Tergovga ko‘ra, Xan Dok Su isyon rahbari sifatida qaralayotgan sobiq prezident Yun Sok Yolga yordam bergan, isyonda muhim rol o‘ynagan va yolg‘on guvohlik bergan. Prokuratura uni 15 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, Yun Sok Yol 2024 yil dekabr oyida harbiy holat e’lon qilgan, ammo parlament bu qarorni bekor qilgan. Natijada u lavozimidan chetlatilib, isyon ishi bo‘yicha javobgar sifatida jinoyat ishi ochilgan. Ushbu ish doirasida sobiq prezident besh yilga ozodlikdan mahrum etildi, o‘lim jazosi tahdidi ham saqlanib qolmoqda.