Janubiy va Shimoliy Koreya rahbarlari shaxsiy maktublar almashishdi

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya yetakchilari Mun Chje In va Kim Chen In ishonch belgisi sifatida shaxsiy maktub almashishdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga (STAK) tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 20 aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen Inga maktub yo‘llagan, u esa ertasi kuniyoq javob yuborgan. KXDR maktub almashishni “chuqur ishonch belgisi” deb atadi hamda Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirdi.

Xabarlarga ko‘ra, Mun Chje In o‘z maktubida lavozimidan ketganidan keyin ham Janubiy Koreya va KXDR qayta birlashish uchun “poydevor” yaratish bo‘yicha qo‘shma bayonotlar berish istagini bildirgan. Kim Chen In bunga javoban Munning “millatning buyuk ishi” uchun sarflagan “azob va sa’y-harakatlarini” olqishladi.

Avvalroq KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining propaganda va tashviqot departamenti direktori o‘rinbosari va mamlakat rahbarining singlisi Kim Yo Chjon Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga birinchi bo‘lib hujum qilmasligi, ammo Seul "harbiy qarama-qarshilik"ka kirishsa, yadro qurolidan foydalanishini ma’lum qilgan edi.