Jazoni ijro etish muassasasidan qaytganlarga mahalla tomonidan qanday yordam berilishi mumkin?

Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlar fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan bir yil mobaynida profilaktik hisobga olinib, hamkorlikda yakka tartibdagi profilaktik ishlar amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan 492 nafar xotin-qizlarning oilaviy sharoitlari, turmush darajasi o‘rganilib, ulardan 15 nafarida fuqarolik pasportlariga, 5 nafarining uy-joylarga muhtojligi aniqlangan.

Ularning 6 nafarini fuqarolik pasportlari bilan, 3 nafarini esa uy-joylar bilan ta’minlashda ko‘maklashildi. Qolgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish ishlari davom etmoqda.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ma’lumot berdi.